locale OZ

Suares Messining JCh-2026'dagi rejalarini oshkor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suares Messining JCh-2026'dagi rejalarini oshkor qildi
FOTO: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares jamoadoshi Lionel Messining JCh-2026 dagi rejalari haqida gapirdi.

“Leo hali ham kelasi yilgi Jahon chempionatida o'ynash istagida”, - deydi Suares.

Eslatib o'tamiz, Messi 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami” safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik yulduzning floridaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting