Stounz \"Manchester Siti\"ni tark etadi
Photo: Getty Images
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz yozda jamoani tark etadi. Bu haqda TBR Football xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchi "Everton"ga qaytishi mumkin. "Irislar" Stounz bilan muzokara o‘tkazgan. Futbolchi 2013-2016 yillarda "Everton"da o‘ynagan. "Siti" uni 55 mln yevro evaziga sotib olgan edi.
Stounzning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt xabariga ko‘ra, uning bahosi 30 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist