locale OZ

Sreçko Kataneçning yordamchilari OFAdan katta miqdorda kompensatsiya talab qilmoqchi

Vaziyatga FIFA aralashishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sreçko Kataneçning yordamchilari OFAdan katta miqdorda kompensatsiya talab qilmoqchi
Фото: ЎФА

Sreçko Kataneçning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi uch nafar sobiq yordamchisi FIFAning nizolarni hal qilish palatasiga shikoyat bilan murojaat qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

AziaSport nashrida keltirilishicha, ushbu mutaxassislarning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.

Biroq, Fabio Kannavaro boshchiligidagi yangi murabbiylar shtabi kelganidan so‘ng, ular lavozimidan ozod etildi.

O‘FA ularga yoshlar terma jamoalarida ishlashni taklif qilgan, biroq Kataneçning yordamchilari bu taklifni rad etgan. Sababi, ularning shartnomasida aynan milliy jamoada ishlash ko‘rsatilgan edi. Endi ular OFAdan 350 ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqchi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting