Sport maktablari ligasi musobaqasiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi
PHOTO: Telegram
Bugun Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasida ISM va SM tarbiyalanuvchilarining 2011-yilda tug‘ilganlari o‘rtasidagi Sport maktablari ligasi O‘zbekiston chempionati musobaqasi uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakili Maxmudov Nuriddin hamda Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi vakillari olib bordilar.
Musobaqada ishtirok etish uchun Respublikamizning 14 ta viloyatidan hamda Toshkent shahridan terma jamoalar Toshkent viloyatiga tashrif buyurishdi. Bahslar Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Do‘stlik” sun’iy maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor