locale OZ

Spalletti: «Milan»ga qarshi har doim hushyor bo‘lish kerak»

«Yuventus» safarda bir ochkoga ega bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Spalletti: «Milan»ga qarshi har doim hushyor bo‘lish kerak»
ФОТО: Getty images

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi o‘yindagi (0:0) durang natija haqida fikr bildirdi.

«Biz o‘z o‘yin rejamizga amal qildik va o‘yin borishini nazorat qilishga harakat qildik, ammo birinchi bo‘limda biroz sekin va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan tarzda harakat qildik. «Milan»ga qarshi har doim hushyor bo‘lish kerak. O‘yinni qurishda biz ularga qarshi hujumlar boshlashga imkon bermaslik uchun yuqori pressingga e’tibor qaratdik.

Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi, Chempionlar ligasidagi o‘ringa loyiq bo‘lishimiz uchun yana bir nechta o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Aynan shunday qiyin paytlarda kim «Yuventus»ning haqiqiy o‘yinchisi ekanligi, kim esa yo‘qligi ayon bo‘ladi», — deya Spallettining so‘zlarini keltiradi «Yuventus» rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting