locale OZ

Spalletti iste'foga chiqarilishi mumkin

Mutaxassisning taqdiriga 10 iyun kuni aniqlik kiritiladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Spalletti iste'foga chiqarilishi mumkin
Photo: Getty Images

Italiya terma jamoasida murabbiy o'zgarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Qayd etilishicha, Luchano Spalletti boshqaruvidagi jamoa JCh-2026 saralashining 3-bosqichida Norvegiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 10 iyun kuni hozirgi bosh murabbiy va Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bu uchrashuvda bosh murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin. Ammo 9 iyundagi Moldovaga qarshi o'yinga qadar murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lmaydi.

66 yoshli mutaxassis Italiya terma jamoasidagi so'nggi uchrashuviga aylanishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting