locale OZ

Spalletti: «Chelsi» hamma narsaga qodir

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti o‘rtoqlik uchrashuvida "Chelsi" ustidan 1:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
Spalletti: «Chelsi» hamma narsaga qodir
photo: gettyimages

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti o‘rtoqlik uchrashuvida "Chelsi" ustidan 1:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

"Biz butun o‘yin davomida ham bosim ostida, ham qarshi hujumda bir butun bo‘lib harakat qila oldik.

Jamoa birgalikda o‘ynadi. "Chelsi" hamma narsaga qodir: o‘z darvozasidan hujumlarni boshlash, ularni yakunlash va tezda oldinga siljish. Shuning uchun ularga ruhiy jihatdan yutqazmaslik muhim edi.

Jegrova ajoyib gol urdi, ammo eng muhimi uning o‘yini va munosabati edi. U bir necha bor to‘pni yo‘qotdi, lekin u to‘p uning oyog‘ida bo‘lganida nimalarga qodirligini ham ko‘rsatdi. Futbolchi hech qachon kuchliroq bo‘lish uchun o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasligi kerak" - dedi Spalletti Sky Sport Italia nashriga.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting