locale OZ

Son Xyon Min faoliyatini AQShda davom ettirishga yaqin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Son Xyon Min faoliyatini AQShda davom ettirishga yaqin
Photo: Getty Images

"Tottenxem" sardori Son Xyon Min faoliyatini AQShda davom ettirishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Amerikaning "Los-Anjeles" klubi futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Son Xyon Min 2015 yildan buyon "Tottenxem" safida to‘p surmoqda. Bu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting