locale OZ

Solbakken: «Frantsiyaga qarshi tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin»

Norvegiya va Frantsiya uchrashuvi 26-iyun kuniga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Solbakken: "Frantsiyaga qarshi tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin"
ФОТО: Getty images

Norvegiya terma jamoasi murabbiyi Stole Solbakken JCH-2026 3-turidan o'rin olgan Frantsiyaga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Frantsiya bilan o'yin oldidan bir qator o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Gap ularni mag'lub etishni istamasligimizda emas – o'yinlar orasidagi vaqt juda qisqa bo'lganligi uchun biz haqiqatdan ham boshqa tarkibni maydonga tushirishimiz zarur. Bugungi o'yinning oxirida biz duch kelgan sharoitlarni hisobga olsak, boshqa futbolchilarda imkoniyat bo'ladi – bu tabiiy holat. Ayrim pozitsiyalarda bizda raqobat kuchli.

6-7 nafar futbolchimizning oyog'i tortishib qolishiga sal qoldi, ular deyarli holdan toyishgan edi. Biz esa hali Grinsboroga uchib borishimiz, keyin yana Bostonga qaytishimiz kerak. Shu sababli keyingi o'yin uchun tarkibni aniqlash biroz qiyinroq bo'ladi", – dedi Solbakken.

Ma'lumot uchun, "uch ranglilar" bilan o'yin 26-iyun kuni bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting