«So‘g‘diyona» Zaymovichni ortga qaytardi
Uning oxirgi klubi JAR mamlakati jamoasi bo‘lgan.
Фото: Сугдиёна ПФК
Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi sobiq hujumchisi Zenan Zaymovich bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports24.uz xabar berdi.
Belgiya fuqarosi bo‘lgan 31 yoshli forvard 2023 yilgi mavsumda ham "So‘g‘diyona"da o‘ynagan. Jamoa libosida 8 ta gol urgan.
Keyinchalik Serbiya va Eron jamoalarida ham to‘p surgan. Uning oxirgi klubi JAR mamlakati jamoasi bo‘lgan. Yaqinda shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist