locale OZ

«So‘g‘diyona» o‘rtoqlik o‘yinida Serbiya klubiga yutqazdi

Yomg‘irli ob-havoda o‘tgan uchrashuv 2:3 hisobida "Spartak" foydasiga yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«So‘g‘diyona» o‘rtoqlik o‘yinida Serbiya klubiga yutqazdi
Фото: Сўғдиёна ПФК

Turkiyaning Antaliya shahrida mavsumoldi yig‘in o‘tkazayotgan "So‘g‘diyona" ilk o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Raqib Serbiyaning "Spartak" klubi bo‘ldi.

Yomg‘irli ob-havoda o‘tgan uchrashuv 2:3 hisobida "Spartak" foydasiga yakunlandi.

Jizzaxliklar safida gollarga Faysal Mulich va Ulug‘bek Kenjayev (penaltidan) mualliflik qildi.

Boshlang‘ich tarkib: Nikola Merkovich, Zoir Jo‘raboyev, Islom Qobilov, Filip Ivanovich, Suhrob Izzatov, Dilshod Misraliev, Ollobergan Karimov, Javohir Qahramonov, Aleksandar Boljevich, Lyupcho Dorie, Faysal Mulich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Otabek Jo‘raqoziev, Tohir To‘xtasinov, Abdulaziz Abdiraşidov, Shohruh Isaqov, Oybek Nurmatov, Ulug‘bek Kenjayev, Abduazim Ortiqov, Kamol Karimov, Ayub Omonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting