«So‘g‘diyona» jamoasi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Bolyevichning faoliyati haqida qisqacha
Bolyevich jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol muallifi bo‘lgan.
Фото: Сўғдиёна ПФК
“So‘g‘diyona” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan Aleksandr Bolyevichning sport faoliyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Futbolchi 1995 yil 12 dekabr kuni tug‘ilgan.
Faoliyati davomida u Niderlandiyaning PSV, Isroilning “Hapoel Tel-Aviv” hamda Belgiya klubi “Standard” kabi nomdor jamoalarda to‘p surgan.
Aleksandr Bolyevich jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol muallifi bo‘lgan.
Uning yutuqlari orasida 2014–2015 yilgi mavsumda PSV safida qo‘lga kiritilgan Niderlandiya chempionligi ham bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist