locale OZ

So‘g‘diyona 21-iyundan buyon Tojikistonning Dushanbe shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi

Mazkur yig‘in jamoaning mavsumning keyingi uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, futbolchilarning jismoniy va taktik holatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
So‘g‘diyona 21-iyundan buyon Tojikistonning Dushanbe shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi
photo: So'g'diyona fk

Jizzaxning So‘g‘diyona futbol klubi 21-iyundan buyon Tojikistonning Dushanbe shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.

Yig‘in davomida jamoa bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi:

So‘g‘diyona – FC Dushanbe — 4:1
Gollar: Abdulaziz Abdurashidov (2 ta), Jamshid Boltaboyev va Sardor Erkinov bittadan

So‘g‘diyona – Dushanbe SSKA — 1:1
Gol: Oybek Nurmatov.

So‘g‘diyona – Regar-Tadaz — 2:0
Gollar: Behruz Asqarov va Zoir Jo‘raboyev.

Mazkur yig‘in jamoaning mavsumning keyingi uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, futbolchilarning jismoniy va taktik holatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. So‘g‘diyona futbol klubi ertaga O‘zbekistonga qaytadi va tayyorgarlikni yurtimizda davom ettiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting