Sofascore. Husanov «Portu»ga qarshi bahsda necha baho olgani ma’lum
Abduqodir bellashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
ФОТО: Getty images
Chempionlar ligasining yangi mavsumiga start berildi.
Umumiy bosqichning 1-turida «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Erling Holand 47 va 90+1-daqiqalarda gol urdi.
«Manchester Siti» safida Abduqodir Husanov 48-daqiqada maydonga tushdi. Sofascore futbolchining harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi.