Soboszlai: «APLda oson g‘alaba qozonib bo‘lmaydi»
"Liverpul" safarda "Nyukasl"ga qarshi durang o‘ynadi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboszlai "Nyukasl" bilan 2:2 hisobidagi durangga munosabat bildirdi.
"Ochig‘ini aytsam, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bu futbol. APLda oson g‘alaba qozonib bo‘lmaydi — kimga qarshi o‘ynayotganingning ahamiyati yo‘q. Biz buni tushunishimiz va keyingi o‘yinda yanada e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Angliya chempionatining 2-turida "Liverpul" "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist