locale OZ

Sobiq hakam Fermin va Musso toʻqnashuvi haqida: «Bu — penalti»

Uchrashuvda «Barselona» 2:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, ikki oʻyin natijasiga koʻra turnirdan chiqib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobiq hakam Fermin va Musso toʻqnashuvi haqida: «Bu — penalti»
FOTO: Getty Images

Sobiq hakam Anduxar Oliver Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida «Atletiko» darvozaboni Xuan Musso va «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Atletiko» ushbu o‘yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:2) keyingi bosqichga yo‘l oldi. To‘qnashuv natijasida Lopes darvozabon butsasi shiplariga yuzi bilan tushib, burnini sindirib oldi.

«Mussoning harakatida qasddan qilingan niyat bor-yo‘qligidan qat’i nazar, bu — penalti. «Atletiko» darvozaboni oldinga chiqib, raqibga zarba berdi», — dedi Oliver.

Chempionlar ligasining yarimfinalida «Atletiko» jamoasi «Sporting» — «Arsenal» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting