Slot: «United»ga qarshi eng yaxshi holatda bo‘lishimiz kerak»
"Liverpul" — "Manchester United" uchrashuvi 19 oktyabr kuni soat 20:30 da start oladi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 8-turi doirasida "Manchester United"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Natijalar hech qachon yolg‘on gapirmaydi. Agar uchta o‘yinda mag‘lubiyat bo‘lsa, o‘zgarish kerak. O‘yinimizni biroz kuchaytirsak, natijalar yana yaxshilanishi mumkin. Raqiblar bizga qarshi hujumlarda juda oson yo‘l topishyapti. Biz ushbu kamchiligimiz ustida ko‘proq ishlashimiz kerak. "United"ga qarshi eng yaxshi holatda bo‘lishimiz kerak", — dedi Slot.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" — "Manchester United" uchrashuvi 19 oktyabr kuni soat 20:30 da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist