locale OZ

Slot «Siti» bilan o‘yin oldidan fikr bildirdi

“Manchester Siti” — “Liverpul” bahsi 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot «Siti» bilan o‘yin oldidan fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Manchester Siti”ga qarshi Angliya Kubogi 1/4 final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umid qilamanki, biz “Galatasaroy”ga qarshi o‘yindagi darajani yana ko‘rsata olamiz. Biz aynan shunday o‘ynashimiz kerak, chunki “Manchester Siti” yana bir bor o‘z kuchini namoyish etdi — ular Liga kubogini yutdi, tarkibida juda ko‘p kuchli futbolchilar bor va a’lo darajadagi murabbiyga ega. Bu kutishga arzigulik juda qiziqarli bahs bo‘ladi”, — deya Slotning so‘zlaridan keltiradi “Liverpul” rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” — “Liverpul” bahsi 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting