Slot Saloh bilan yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi
Misrlik hujumchi «Inter»ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yubordi.
FOTO: Getty Images
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yulduzi Muhammad Saloh bilan yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi.
«Siz aytasizki, hayotda hamma xato qiladi… Demak, birinchi savol shuki: oʻyinchining o‘zi ham xato qilganini tan oladimi? Keyingi masala esa — tashabbus mendan bo‘lishi kerakmi yoki o‘yinchidanmi?» — deydi Slot.
Avvalroq Muhammad Saloh klub rahbariyatini tanqid qilib, o‘zining o‘yin vaqti asossiz qisqartirilganini aytgan edi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Arne Slot uni UEFA Chempionlar Ligasidagi «Inter»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist