Slot: «O‘tgan mavsumda ham «Chelsi»ga yutqazgandik»
"Liverpul" ustozi "Chelsi"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining ketma-ket uchta mag‘lubiyatidan so‘ng raqiblarning kuchiga e’tibor qaratdi.
"Bu mag‘lubiyatlar, birinchi navbatda, raqiblarga bog‘liq. O‘tgan mavsum ham "Chelsi"ga yutqazgandik. "Stamford Brij"da har doim qiyin bo‘lib kelgan. Natijaga erishish oson bo‘lmaydi. Hammasini mayda detallar hal qildi.
"Galatasaroy"ga qarshi o‘yinda bizda birga-bir vaziyat bor edi, keyin esa raqib penalti ishlab oldi. "Kristal Pelas" bizga qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqasida gol urdi. "Chelsi"ga qarshi bahsda ham mana shunday tarzda gol o‘tkazdik", — dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist