locale OZ

Slot isteʼfosi haqida: «Bu meni tashvishga solmaydi»

Niderlandiyalik mutaxassis bu haqdagi mish-mishlarga javob qaytardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot isteʼfosi haqida: «Bu meni tashvishga solmaydi»
ФОТО: Getty images

“Liverpul” rahbariyati bosh murabbiy Arne Slotni isteʼfoga chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis bu haqdagi mish-mishlarga javob qaytardi.

“Meni ishdan olishlari mumkinmi? Bu meni aslo tashvishga solmaydi. Eʼtiborim lavozimim emas, jamoa oʻyinini yaxshilashga qaratilgan. Men yanada yaxshi ishlashim kerak”, — deya Slotning soʻzlarini NBC Sport keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, mersisaydliklar APL turnir jadvalida 11-oʻrinda bormoqda. YECHLda umumiy jadvalda esa 13-pogʻonada joylashgan. PSVga qarshi bellashuvda 4:1 hisobida yana magʻlub boʻldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting