Skaloni: «Messi Jahon chempionatida xohlaganicha oʻynaydi»
Argentina bosh murabbiyi Leoning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida qanchalik tez-tez maydonga tushishi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq futbolchining chap tizzasining orqa qismidagi mushaklarida charchoq borligi aniqlangan edi.
«Leo oʻzi xohlaganicha oʻynaydi, chunki barchamiz uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va uning oʻzining oltinchi jahon chempionatida ishtirok etayotgani ajablanarli emas. Bu qanday qilib hayratlanarli boʻlishi mumkin? Ajablanarlisi shundaki, u milliy terma jamoa bilan bor-yoʻgʻi toʻrtta sovrinni qoʻlga kiritdi. U yana ikkita Kopa Amerika va jahon chempionatida gʻolib chiqishga juda yaqin kelgan edi», — dedi Skaloni.
Nasrullo Karimov
Jurnalist