Sirdaryoda “DXX kubogi” uchun futbol finali o‘tkazildi
Yangiyer jamoasi hal qiluvchi bahsda g‘alaba qozondi
Rasm: Gazeta.uz
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi futbol maydonida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun futbol musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida barcha bosqichlarda raqiblarini mag‘lub etgan ikkita jamoa — Yangiyer shahridagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasi va Mirzaobod tumanidagi “Bog‘iston” mahallasi jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda Yangiyer shahri jamoasi minimal hisobda — 1:0 hisobida zafar quchdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Bakradze Iman
Redaktor