Sirdaryo viloyatida hakamlar amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Mashg‘ulotlar yangi futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hakamlarning jismoniy va nazariy salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
photo: UzFHM
Sirdaryoda hakamlar amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Mashg‘ulotlar yangi futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hakamlarning jismoniy va nazariy salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminar jarayonlari Sirdaryo futbol assotsiatsiyasining hakamlar va nazoratchilar tayyorlash bo‘yicha mutaxassisi Doston Rahmonov hamda tajribali nazoratchi Qahramon Yo‘ldashev tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘yin vaziyatlari tahlili, maydondagi to‘g‘ri joylashuv, qaror qabul qilish tezligi va hakamlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor