Silva Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Transfermarkt portalining ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 38 million yevroga baholamoqda
Photo: Getty Images
"Manchester City"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardo Silva o‘z faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Footmercato xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" klubi 30 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
"Shaharliklar" esa bir qator futbolchilari bilan xayrlashmoqchi. Ular orasida Silva ham bor.
Silva 2017 yilning yozida Manchester klubiga o‘tgan edi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi kelgusi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 38 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist