locale OZ

Shveysariya Superligasi. Karimov to‘liq o‘ynagan bahsda «Lugano» «Yang Boyz»ni yenga olmadi

Behruz va uning jamoasi turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.
Shveysariya Superligasi. Karimov to‘liq o‘ynagan bahsda «Lugano» «Yang Boyz»ni yenga olmadi
photo: gettyimages
Shveysariya Superligasi
12.09.2026, Yak.
FC Lugano
2
BSC Young Boys
2

Shveysariya Superligasi. Karimov to‘liq o‘ynagan bahsda «Lugano» «Yang Boyz»ni yenga olmadi

Behruz va uning jamoasi turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.

Shveysariya Superligasi 8-turida «Lugano» klubi o‘z maydonida «Yang Boyz»ni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ushbu bahsda maydonda to‘liq harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng «Lugano» 19 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Yang Boyz» hisobida esa 16 ochko bor. Karimov jamoasi hisobida bitta zaxira o‘yini ham mavjud.

Shveysariya Superligasi. 8-tur
Lugano — Yang Boyz 2:2
Gollar:
dos Santos 2, Ayeti 80 – Essende 28, Fassnacht 45.
Lugano — fon Ballmos (Gebhardt, 46), Papadopulos, Mai (Ayeti, 67), Delkrua, KARIMOV, Bislimi, Grgich, dos Santos, Chiminyani, Shteffen, Monkada (Espinosa, 89).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting