locale OZ

Shuhrat Umarov: «OChL-2da “Andijon”ga muxlislik qilamiz»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shuhrat Umarov: «OChL-2da “Andijon”ga muxlislik qilamiz»
Photo: Andijan PFK

“Andijon” – “Eshxata” (4:2) bellashuvidan so‘ng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Umarovdan o‘yin haqidagi fikrlarini so‘radi.

“Bizning ham yig‘indagi birinchi o‘yinimiz bo‘ldi. O‘yin yaxshi o‘tdi. “Andijon” ajoyib jamoa. Keyingi o‘yinlarida omad tilayman, ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida. Guruh bahslarida qatnashadi va jamoaga muxlislik qilamiz. Sababi qo‘shnilarmiz. Shuningdek, bosh murabbiy Maksim Shatskixga ham ishlariga omad tilayman.

Qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz yig‘inida bir qator yoshlar ham bor. Ularni yig‘inda sinab ko‘rmoqdamiz. Uchrashuv davomida ikkita vaziyatda gol ura olmadik, raqib esa imkoniyatlaridan foydalandi. Yana ishlashda davom etamiz, jamoangizga omad tilayman”, - deydi “Eshxata” bosh murabbiyi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting