Shporlar bosh murabbiyining «Tottenxem»dagi sarguzashti allaqachon tugadimi?
Londonliklar bosh murabbiyi etib tayinlanganiga endigina 20 kun bo‘lgan Tudor klub bilan 3 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham g‘alaba qozona olmadi.
photo: Google
Igor Tudorning «Tottenxem»dagi sarguzashti allaqachon tugadimi?
Londonliklar bosh murabbiyi etib tayinlanganiga endigina 20 kun bo‘lgan Tudor klub bilan 3 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham g‘alaba qozona olmadi. Bu esa uni APL tarixidagi noxush statistik ro‘yxatlarga kiritmoqda.
Antirekordlar yoqasida:
G‘alabasiz seriya: Tudor APL tarixida birorta g‘alaba qozonmagan doimiy murabbiylar ro‘yxatida 3 ta o‘yin bilan hozirda 6-o‘rinda bormoqda. Bu borada mutlaq antirekordchi Pol Juell hisoblanadi (2007-08 yilgi mavsumda 24 ta o‘yin).
Eng qisqa boshqaruv muddati: Agar Tudor hozir (ya’ni 20 kundan so‘ng) iste’foga chiqarilsa, u APL tarixidagi eng qisqa vaqt ishlagan murabbiyga aylanadi va Sem Ellardaysning antirekordini (30 kun) yangilaydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor