Shotlandiya kubogi. \"Aberdin\" hal qiluvchi o‘yinda \"Seltik\"ni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi
O‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi
Photo: Getty Images
Shotlandiya kubogi finalida “Aberdin” va “Seltik” uchrashuvi yakunlandi.
O‘yin asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida esa “Aberdin” g‘alaba qozondi — 4:3.
Shu tariqa, ushbu klub kubok sohibiga aylandi. “Seltik” esa Shotlandiya Premyer-ligasida g‘olib chiqdi.
Shotlandiya kubogi. Final
“Aberdin” 1:1 “Seltik” (pen: 4:3)
Gollar: Shmeyxel (83, avtogol) — Dorrington (9)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist