Shotlandiya Daniyani mag'lub etib, JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Bellashuvda jami 6 ta gol urildi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati saralash o'yinlari bo'lib o'tdi.
Shotlandiya o'z maydonida Daniyani qabul qildi. Gollar shousida shotlandiyaliklar 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Maktominey "qaychi" uslubida gol urdi. Shanklend, Tirni va Maklin ham o'z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo'lishdi.
Natijada Shotlandiya terma jamoasi 14 ochko jamg'arib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
S guruhi. 6-tur
Shotlandiya – Daniya 4:2
Gollar: Maktominey 3, Shanklend 72, Tirni 90+3, Maklin 90+9 – Hoylund 57, Dorgu 82
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist