locale OZ

Shota Gwazawa: \"Bu lahzani anchadan beri kutgandim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shota Gwazawa: "Bu lahzani anchadan beri kutgandim"
Photo: Qo'qon 1912 FK

“Qo‘qon-1912” - “Xorazm” uchrashuvida Superligada debyut uchrashuvini o‘tkazgan Shota Gwazawa o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatdagi kechagi uchrashuv haqida nimalar deya olasiz? Siz uchun Superligada debyut bo‘ldi.

- Avvalambor barchani kechagi g‘alaba bilan tabriklayman. Bu har tomonlama juda muhim o‘yin bo‘ldi va o‘yindan oldin o‘ylaganimizdek, oson o‘yin bo‘lmadi. Murabbiylar shtabi ko‘rsatmalariga amal qildik: raqib himoyasiga maksimal bosim o‘tkazdik va o‘yinni ko‘proq qarshi hujumlar ustiga qurdik, bu esa natijaga ta’sir qildi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Debyutimga kelsak, men juda xursandman. Men bu lahzani anchadan beri kutgandim. Imkon qadar tezroq qaytishga va jamoamga yordam berish uchun ko‘p mehnat qildim. Murabbiylar shtabiga ishonchlari uchun rahmat aytaman. Men ishlashda davom etaman va o‘yindan o‘yinga optimal formaga kiraman deb o‘ylayman.

- Umuman olganda siz ikkita jamoa safida proligada o‘ynadingiz va bu yil Superligada. Birinchi o‘yindan so‘ng Superliganing darajasi haqida fikringiz.

- O‘zbekistonga kelganimda maqsadim Superligaga chiqish edi va bunga erishganimdan juda xursandman. O‘tgan yili “Qo‘qon-1912” jamoasi haqli ravishda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, muxlislarimizni xursand qildik deb o‘ylayman. Superliganing saviyasi juda kuchli. Bu yerda o‘yin tezligi yuqori, barcha jamoalarda sifatli o‘yinchilar bor va o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan kichik xatolarga ham yo‘l qo‘ymaslik uchun konsentratsiya juda yuqori bo‘lishi kerak.

- “Xorazm” bilan o‘tgan mavsum Pro ligada to‘qnash kelgandik. O‘tgan mavsumdagi jamoadan hozirgisin qanday farqlari bor ekan?

- O‘tgan mavsum bilan solishtirganda, “Xorazm” jamoasi ancha kuchaygani o‘yinlaridan ham ko‘rinib turibdi va ular bilan o‘ynash hamma uchun juda qiyin bo‘ladi.

- Uzoq muddat jarohatdan davolandingiz? Hozirgi holatingiz qanday, umuman olganda hozir jarohat sizni bezovta qilmayaptimi?

- Ha, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hudoga shukur, hammasi ortda qoldi. Har kuni yuqori formaga qaytish va jamoaga bu mavsumdagi maqsadlariga imkon qadar ko‘proq erishishga yordam berish uchun juda qattiq mehnat qilyapman», - deya Gwaza so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting