\"Sho‘rtan\" sobiq hujumchisi legionerga aylandi
Photo: Shurtan PFk
Qirg‘izistonning "Alay" klubi o‘z safini yana bir o‘zbekistonlik futbolchi bilan to‘ldirdi.
Birinchi davrani “Sho‘rtan”da o‘tkazgan hujumchi Murodxo‘ja Jabborov yana legionerga aylandi va “Alay” bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.
Jabborov avval ham ushbu klubda to‘p surgan. U birinchi davrada G‘uzor jamoasi safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Yaqinda u “Alay” safida ilk golini urdi. “Bishkek City”ga qarshi bahsda Jabborov hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Bahrom Bobonov
Redaktor