locale OZ

«Sho‘rtan» – «Navbahor». Prevyu

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Sho‘rtan” – “Navbahor”. Prevyu
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "Sho‘rtan" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Ta’kidlash joizki, G‘uzorliklar 7 yillik tanaffusdan so‘ng, joriy mavsumda yana Superligaga qaytishdi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 25 marta to‘qnash kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 13 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 8 ta o‘yinda esa “Sho‘rtan” zafar quchgan. To‘plar nisbati – 40-34, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, “lochinar” 2010 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.

G‘uzorliklarning “Navbahor” ustidan qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi ham 4:0 hisobi bilan yakunlangan uchrashuv bo‘lib, “Sho‘rtan” 2010 yilda o‘z maydonida shunday hisobda g‘alaba qozongan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 43 ochkoni, g‘uzorliklar esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

G‘uzorda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvning 7 tasida “Sho‘rtan”, 4 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlagan.

G‘uzorliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 23 ta gol urib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Ushbu klublarning birinchi davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida vakillarimiz Igor Gabriel (45+3) va Abbosjon G‘ulomov (90+7)ning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Navbahor” bahsi 20 avgust kuni G‘uzor shahridagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting