“Sho‘rtan” akademiyasi — tarbiyalanuvchilari sovrinli o‘rinlar sohibi
Akademiya tarbiyalanuvchilarini ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
photo: Sho'rtan fk
“Sho‘rtan” futbol akademiyasining Akmal Saitqulov boshchiligidagi U-15 jamoasi O‘zbekiston Futbol Assosiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Akademiyalar birinchiligi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yosh “sho‘rtanchilar” musobaqa davomida har bir uchrashuvda so‘nggi daqiqagacha fidoyilik bilan kurash olib borib, akademiyaning yuksak salohiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Akademiya tarbiyalanuvchilarini ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor