Shon O'Melli Petr Yanni 10 ballik tizimda baholadi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi (MMA) Shon O’Melli UFCning yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Petr Yanning darajasini 10 ballik tizimda baholadi.
O’Mellining ta’kidlashicha, rossiyalik jangchi sezilarli darajada kuchaygan va diviziondagi istalgan raqib uchun hanuz o‘ta murakkab raqib bo‘lib qolmoqda.
«U juda zo‘r ko‘rindi, qanchalik o‘sib ketgani yaqqol seziladi. Eng yuqori darajada. 10 dan 10. Uning ko‘nikmalari maksimal darajada har tomonlama. Haqiqiy yirtqich. U bilan yana jang qilishmi? Bu nihoyatda qiyin bo‘lardi. Bizning birinchi jangimiz juda teng kechgandi», — dedi O’Melli UFC matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Shon O’Melli va Petr Yan 2022 yilda oktagonda to‘qnash kelgan. O‘shanda bahs yakunida hakamlar qarori bilan amerikalik jangchi g‘alaba qozongan edi.