Shon O'Melli 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin
Amerikalik jangchi sobiq UFC chempioni hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Sobiq UFC yengil vazn (61 kg gacha) chempioni amerikalik Shon O’Melli bu yil faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qildi.
«Haqiqatni aytsam, men hozir Petr Yan bilan jangga tayyorgarlik ko‘ryapman. Shuningdek, Song Yadongga ham yuzaki qaray olmayman — u juda xavfli. Ikkala qo‘lda ham kuchli, tezkor. Songga ham, Petrga ham tayyorgarlik ko‘ryapman», — dedi O’Melli YouTube-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yil uning uchun so‘nggi yil bo‘lishi mumkin:
«Songga e’tibor beraman, Petrga e’tibor beraman, biznesim gullab-yashnaydi… Faoliyatimni yakunlashni rejalashtirganman. Bu Shonning so‘nggi yili bo‘lishi mumkin».
Nasrullo Karimov
Jurnalist