Shomurodov tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Istanbulga yetib bordi
Photo: Getty Images
O‘zbekiston milliy jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Istanbul Basaksehir"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Yagiz Sabunchog‘lining xabar berishicha, Shomurodov turk klubi bilan kelishuvga erishgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Istanbulga yetib borgan.
Yaqin vaqt ichida tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolanishi aytilmoqda.
"Basaksehir" Shomurodovni 3 million yevro evaziga ijaraga olishi va shartnomada 2,7 million yevroga majburiy sotib olish bandi bilan o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor