Shohrux Eshbo‘tayev «Sho‘rtan»da qoladi
U yangi mavsumda Proligada ishtirok etadi.
Фото: Шўртан ПФК
“Sho‘rtan” klubi yetakchi o‘yinchilarini jamoadan saqlab qolmoqda.
Sports24.uz xabar berishicha, darvozabon Shohrux Eshbo‘tayev g‘uzorliklar safida qoladi.
U o‘tgan mavsum jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan va Superliga doirasida 28 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” mavsumni so‘nggi o‘rinda yakunlagan va Proligaga tushib ketgandi. Endilikda jamoa Asror Aliqulov bilan yana Superligaga qaytish uchun harakat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist