Shlupp \"Crystal Palace\"ni tark etdi
U 8 yil davomida klub safida o'ynadi
Photo: Getty Images
Yarim himoyachi Jeffrey Shlupp "Crystal Palace"ni tark etmoqda. Bu haqda London jamoasining rasmiy sayti xabar berdi.
"Sakkiz yil davomida bu klubda o'ynash aql bovar qilmaydigan bo'ldi. Men bir qancha ajoyib insonlar bilan uchrashdim – boshqaruv raisi, murabbiy va shu vaqt ichida tanishgan barcha xodimlar. "Crystal Palace"da o'ynash men uchun juda muhim edi.
Klub muxlislari haqida kimdan so'rasangiz, ular yaratgan muhitni hamma biladi. Ular bizning 12-o'yinchimiz, qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat.
Umid qilamanki, men sizni faxrlantirdim. Albatta, biz yana uchrashamiz", – dedi Shlupp.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2024/2025 yilgi mavsumda jamoa Angliya kubogini qo'lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist