locale OZ

Shipilov «Qo‘qon-1912»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Andrey yana Superligaga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shipilov «Qo‘qon-1912»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Yangi mavsumga o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan "Qo‘qon-1912" jamoasi 2026-yilgi mavsum oldidan yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi.

"Paxtakor", "Metallurg" va "Dinamo" kabi jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan mutaxassis Andrey Shipilov yangi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasiga bosh murabbiylik qiladi. Murabbiy "Paxtakor" jamoasi bilan birga uzoq yillar davomida ishlagan va "sherlar" safida bir necha bor O‘zbekiston chempioni va Kubok sohibiga aylangan.

Shuningdek, o‘sha vaqtlarda Superliganing o‘rtamiyona jamoasi hisoblangan "Metallurg" bilan 2018-2019-yillarda chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Bu bekobodliklar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting