Shevalyening «PSJ»ga oʻtishi yozgi transferlar oynasidagi eng yaxshi xarid deb topildi
Fransiyalik posbon joriy mavsum parijliklar safida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi.
FOTO: Getty Images
ESPN Yevropadagi eng yaxshi yozgi transferlar reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Lill» darvozaboni Lyuka Shevalyening 40 million yevro evaziga «PSJ»ga transferi egalladi.
Fransiyalik posbon Parij klubi safida 16 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol o‘tkazib yubordi.
Quyida Yevropa yozgi transfer oynasining TOP-5 eng yaxshi transferlari:
1. Lyuka Shevalye — «Lill»dan «PSJ»ga, €40 mln.
2. Brayan Mbeumo — «Brentford»dan «Manchester Yunayted»ga, €75 mln.
3. Alvaro Karreras — «Benfika»dan «Real»ga, €50 mln.
4. Jorje Petrovich — «Chelsi»dan «Bornmut»ga, €29 mln.
5. Martin Subimendi — «Real Sosedad»dan «Arsenal»ga, €70 mln.
Nasrullo Karimov
Jurnalist