locale OZ

Shesni «Barselona»dan ketishini tasdiqladi

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shesni «Barselona»dan ketishini tasdiqladi
ФОТО: Getty images

“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni klubda uzoq vaqt qolmasligini tan oldi.

“Bu yerda uzoq vaqt qolmasligimni yaxshi bilaman. Chunki men asosiy tarkib o‘yinchisi emasman. Lekin bu baribir ham shaxsan men uchun, oilam uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Bu yerda boshimizdan kechirgan barcha narsa uchun minnatdormiz”, — deya darvozabonning intervyusidan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Joriy mavsumda Shesni klub safida barcha turnirlar doirasida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning kuzida Shesni jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegenning o‘rnini to‘ldirish uchun “Barselona” tufayli faoliyatini qayta tiklagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting