Sherzod Temirovga ko‘plab jamoalar qiziqmoqda
Kannarvaro Temirovni AQShga olib ketmoqda.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov Iroqning “Erbil” klubi bilan xayrlashdi.
Ligada 28 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan hujumchiga ko‘plab jamoalar qiziqmoqda.
Taniqli futbol mutaxassisi Ulug‘bek Mirzayevning “Xalq so‘zi” jurnalisti bilan suhbatida Sherzodning kelajagi haqida gapirdi.
Uning aytishicha, Temirovga O‘zbekiston Superligasi ishtirokchilaridan tashqari, Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Shveytsariya chempionati jamoalaridan ham qiziqish bo‘lmoqda.
Futbolchi JCH-2026da ishtirok etishga e’tibor qaratgan va shundan so‘ng kelajagi bo‘yicha bir qarorga keladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist