Sherzod Temirov faoliyatini Iroqda davom ettiradi
Фото: Getty Images
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov yana legionerga aylandi.
26 yoshli futbolchi Iroqning “Erbil” klubi bilan bitim imzoladi. Tomonlar o‘rtasida bir yillik shartnoma tuzildi.
Bungacha ikki yilcha Gonkong chempionatida “Kitchee” sharafini himoya qilib kelgan edi. Shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng jamoani tark etgandi.
Temirov faoliyati davomida “Paxtakor”, “Mash’al” kabi O‘zbekiston jamoalarida o‘ynagan.
Avvalroq Baxtiyor Qosimov Iroq klubi bilan shartnoma imzolab, shu chempionatda o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylangandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist