locale OZ

Sherzod Nasrullayevning Yevropa safarini vaqt uzib qoʻydi

“Wisla Plock”ning kechikkan taklifi sabab transfer amalga oshmadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Championat Asia

Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Sherzod Nasrullayev yozgi transfer oynasida Yevropaga yoʻl olishi mumkin edi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Bu haqda Championat.Asia xabar berdi.

Polshaning yuqori divizionida ishtirok etayotgan “Wisla Plock” klubi 27 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Nasrullayevning “Nasaf” bilan shartnomasi 2025 yil oxirida yakunlanishini hisobga olganda, qarshilik klub uchun bu yaxshi moliyaviy imkoniyat edi.

Biroq polyak klubi rasmiy taklifni juda kech – 31 iyulda yo‘lladi. Shu paytda Oʻzbekistonda transfer oynasi yopilgani va “Nasaf” unga munosib oʻrinbosar topa olmagani sababli, kelishuv bekor boʻldi.

Ayni paytda “Wisla Plock” Polsha chempionatida kuchli oʻyin ko‘rsatmoqda – jamoa ketma-ket uch gʻalaba qozonib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Bu mavsumda klub oliy ligaga qaytadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting