locale OZ

Sherzod Nasrullayev: \"Chempionlikka munosib edik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram

Superkubok. “Nasaf” 1:0 “Andijon” uchrashuvidan keyin “ajdarlar” futbolchisi Sherzod Nasrullayev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Bugungi g'alabamizni Qashqadaryodan kelgan shuncha muhlislarimizga bag'ishlaymiz. Albatta, bu chempionlikka munosib edik. O'ylaymanki bu hali boshlanishi. Yana ko'p g'alabalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. “Nasaf” to'rtinchi bor Superkubok qo'lga kiritishining siri jamoaning birlashishida. Agar jamoa birlashsa hamma narsa o'xshayveradi. Asosiysi hamma narsaga birlashib harakat qildik. Bugungi muhitga gap yo'q. Andijonlik muhlislarga hamda Qashqadaryodan kelgan muhlislarga, umuman barcha o'zbekistonlik muhlislarga shunday atmosfera yaratib berishgani uchun rahmat deb qolaman",-deydi futbolchi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting