Sherzod Esanov 2027 yilni Jizzaxda boshlaydi
“Sherzod” yil boshida “Buxoro”ga kelib qo‘shilgandi.
Фото: Бухоро ПФК
“Buxoro” hujumchisi Sherzod Esanov kelasi mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida boshlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub va futbolchi o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Esanov mavsum yakunida buxoroliklarni tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Sherzod” yil boshida “Buxoro”ga kelib qo‘shilgan va jamoaning yetakchi futbolchisiga aylangandi.
Natijada Fabio Kannavaro uni JCh uchun olib ketilgan 30 nafar futbolchi qatoriga kiritishga qaror qilgandi.