\"Sherlar\" muhlislari: \"\"Paxtakor\" karvon saroy emas!\"
Photo: gettyimages
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o'z uyida “Andijon”ga mag'lub bo'ldi. Ushbu o'yindan keyin “Paxtakor” muhlislari telegram kanali klub futbolchilariga nisbatan tanqidiy post qoldirdi:
“Shu kungacha”Paxtakor" muhlislari har doim futbolchilarni qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlab kelgan. Endi uzr, kechirib qo'yasiz. “Paxtakor” karvon saroy emas. Jamoa uchun joni kuyadigan, klubni sevadigan futbolchilar o'ynasin. Agar pul uchun o'ynasangiz, ana, katta ko'cha. Bemalol ketishingiz mumkin. Agar bizni o'qiyapgan bo'lsangiz, vijdonan ishlang va futbol o'ynang. Jamoada yuz foiz barchasi nato'g'ri ketmoqda, aniq barchasi nato'g'ri!",-deb yoziladi “Paxtakor” muhlislar kanallaridan birida
Ibrohim Jalolov
Redaktor