locale OZ

Shavkat Rahmonov UFC reytingidan olib tashlandi

Avvalroq qozogʻistonlik jangchi tizzasidan operatsiya qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shavkat Rahmonov UFC reytingidan olib tashlandi
FOTO: Getty Images

UFC’ning yarimo‘rta vazn toifasida (77 kg gacha) ishtirok etuvchi mag‘lubiyatsiz qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov divizion reytingidan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning dekabr oyidan buyon oktagonga ko‘tarilmagan Rahmonov tizzasidan navbatdagi takroriy jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Sportchining uzoq vaqt jang qilmagani va tiklanish jarayoni cho‘zilayotgani reytingdagi o‘zgarishga asosiy sabab bo‘lgan.

UFC yarim o‘rta vazn toifasining yangilangan reytingi (Top-10):

Chempion – Islom Maxachev (Rossiya)

  1. Jek Della Maddalena (Avstraliya)
  2. Ian Garri (Irlandiya)
  3. Maykl Morales (Ekvador)
  4. Belal Muhammad (AQSh)
  5. Karlos Prates (Braziliya)
  6. Shon Bredli (AQSh)
  7. Kamaru Usman (Nigeriya)
  8. Leon Edvards (Buyuk Britaniya)
  9. Xoakin Bakli (AQSh)
  10. Gilbert Berns (Braziliya)
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting