locale OZ

Sharl Lekler 2026 yilgi mavsum uchun dubulgʻasini taqdim etdi

Yangi shlem dizayni Monako bayrogʻiga bagʻishlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sharl Lekler 2026 yilgi mavsum uchun dubulgʻasini taqdim etdi
FOTO: Getty Images

«Ferrari» jamoasi poygachisi, monakolik Sharl Lekler Formula-1’ning 2026 yilgi mavsumida foydalanadigan shlemini namoyish qildi.

Yangi shlem dizaynida Monako bayrog‘iga bag‘ishlangan an’anaviy qizil va oq ranglar saqlab qolingan, shuningdek, unga nozik moviy tuslar ham qo‘shilgan.

Formula-1 jamoalarining taqdimotlar taqvimi quyidagicha:

20 yanvar — «Audi» (livreya);

  • 23 yanvar — «Alpin» (livreya), «Ferrari»;
  • 2 fevral — «Mercedes»;
  • 3 fevral — «Williams»;
  • 8 fevral — «Cadillac»;
  • 9 fevral — «Aston Martin», «McLaren».

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda shaxsiy hisobda amaldagi jahon chempioni «McLaren» poygachisi Lando Norris hisoblanadi. Konstruktorlar kubogi ham britaniyalik «McLaren» jamoasiga nasib etdi. «Ferrari» esa mavsum yakunlariga ko‘ra to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting